«srechko katanets» tegli maqolalar


“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida
22 mart 2024, 12:01

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets
19 mart 2024, 14:52

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida
4 fevral 2024, 14:03

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida
2 fevral 2024, 18:56

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.

“Kimdir O‘zbekiston o‘yinidan qoniqmasa, bu ularning muammosi”. Srechko Katanets — Tailand ustidan qozonilgan g‘alaba haqida
1 fevral 2024, 11:18

“Kimdir O‘zbekiston o‘yinidan qoniqmasa, bu ularning muammosi”. Srechko Katanets — Tailand ustidan qozonilgan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Tailandga qarshi o‘yindan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, terma jamoadagi jarohat olganlar, Osiyo Kubogi chorak finalida Qatar bilan bo‘lajak uchrashuvdan umidlari va taktika tanlash haqida gapirdi.

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets
22 noyabr 2023, 13:06

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida
21 noyabr 2023, 10:47

“Bu men va O‘zbekiston futbolchilari uchun sinov”. Srechko Katanets — Eronga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Eronga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash o‘yini o‘zi va futbolchilar uchun sinov bo‘lishini ta’kidladi. “Futbolchilarni ruhlantirishim shartmas, ular g‘alaba uchun hamma narsani qiladi”, — dedi u.

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida
17 noyabr 2023, 19:20

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida

O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziyani mag‘lub etdi, Iordaniyaga yutqazdi
13 oktabr 2021, 10:59

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziyani mag‘lub etdi, Iordaniyaga yutqazdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Malayziya termasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi, Iordaniyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
5 sentabr 2021, 20:18

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda shvetsiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani
27 avgust 2021, 19:06

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida maqsadi Jahon chempionatiga chiqish ekanligini, ammo ungacha qiladigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. “Men doim turli yoshdagi murabbiylar uchun ochiqman, ular bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak. Sababi yosh terma jamoalar kelajakda aynan milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib beradi”, — deydi u.

Srechko Katanets O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
27 avgust 2021, 15:39

Srechko Katanets O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabiiylik qiladi. U bilan shartnoma 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting